Muddatli harbiy xizmatchilar amaliy mashg‘ulotlarda toblanmoqda

0
632

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Namangan garnizonidagi “G‘urumsaroy” dala o‘quv maydonida muddatli harbiy xizmatchilar amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida toblanmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida yurt posbonlari taktik o‘quv mashqlarini guruh va bo‘linmalar bilan shartli dushmanni topib yakson qilish, marsh yurish, ommaviy qirg‘in qurollaridan to‘g‘ri foydalanib, zararlangan hududdan o‘tish, jangovar mashinlar va tanklar bilan taktik mashg‘ulotlarni bajarish kabi bir qator murakkab bo‘lgan mashqlarni bajarishmoqda.
Bunda yurt o‘g‘lonlaridan tezkorlik, aniqlik, nazariy bilimlarni to‘g‘ri, aniq va o‘rnida qo‘llash kabilar talab etiladi.

Kunduzgi va tungi sharoitdagi mashg‘ulot jarayonlari davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati