Harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
590

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Dastlab oʻquvchi yoshlar Termiz garnizoni harbiy orkestrining Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari ijrosida tantanali kutib olindi, shundan soʻng ular harbiy xizmatchilar uchun harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, sport inshootlari, zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan yaratilgan koʻchma kutubxona tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda isteʼdodli harbiy xizmatchilar tomonidan Davlat bayrog‘i qabul qilingani munosabati bilan tayyorlagan chiqishlari mehmonlar olqishiga sazovor bo‘ldi. 

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni