Yurt o‘g‘lonlarining bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tmoqda

0
779

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari shu kunlarda nazorat tekshiruvi sinov mashg‘ulotlarida nazariy va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

Unda, har bir yurt o‘g‘loni jismoniy tayyorgarlik, harbiy topografiya, havo-desant tayyorgarligi, otish tayyorgarligi mashg‘ulotlari, taktik tayyorgarlik, Umumharbiy nizomlar kabi bir qator mashg‘ulotlarda o‘zlarining bor kuch, g‘ayratlarini safarbar etgan holda, kasbiy mahoratlarini namoyish qilmoqda.

Bunday mashg‘ulotlar harbiy xizmat mas’uliyatini oshirib, harbiy xizmatchilarning doimiy shayligi va jangovar tayyorgarligini sinovdan o‘tkazishda muhim o‘rin tutadi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati