Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan seminar

0
713

Navoiy viloyatida joylashgan mahallalarning yoshlar yetakchilari ishtirokida “Mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari: mavjud muammolar va ularning yechimi” mavzusidagi amaliy seminar oʻtkazildi.

Seminarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, milliy gʻurur ruhida tarbiyalash, tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazishga koʻmaklashish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, tarbiyasi ogʻir hamda jinoyat va huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan “Harbiy qismda bir kunim!” shiori ostida alohida maxsus dastur boʻyicha harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish uslubiyoti boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi.

Mudofaa sohasi vakillari tomonidan yoshlarni muddatli harbiy xizmatga yuborish va ularga beriladigan imkoniyatlar hamda harbiy xizmatda qolish tartibi tushuntirildi.

Seminardan soʻng, yoshlar yetakchilari uchun “Harbiy qismda bir kunim!” loyihasi koʻrgazmali namoyish etildi. Unga koʻra, yoshlar uchun harbiy qism boʻylab ekskursiya, turli sport musobaqalarini tashkil etish, harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi oʻtkazish, turli sport oʻyinlari, maʻnaviy-maʻrifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish boʻyicha mashgʻulotlar ma’lumotlar berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati