Qo‘qonda keng qamrovli yoshlar marafoni bo‘lib o‘tdi

0
574

Kasalni davolagandan koʻra, uning oldini olish afzal. Darhaqiqat, shuning uchun ham mamlakatimizda turli kasalliklar hamda ularning xavf omillarining oldini olish, davolash va nazorat qilish, aholining kasallanishini kamaytirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda yurtimiz hududlarida turli sport musobqalari, marafonlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ham yoshlarimiz orasida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiyani keng targ‘ib qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida “O‘zbekiston Yoshlari birlashaylik!” shiori ostida yoshlar marafoni o‘tkazildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, inson salomatligi 55 foiz holatda sogʻlom turmush tarziga bogʻliq ekan. Demak, sogʻlom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilish turli xastaliklardan holi, chiroyli va baxtli yashash omilidir.

Marafon doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida harbiy xizmatchilar ham faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Ular tadbir so‘nggida tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug axborot xizmati