Jizzaxda Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligi keng nishonlandi

0
583

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda atoqli davlat arbobi va taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligi munosabati bilan “Noming dillarda mangu” shiori ostida xotira kechasi o‘tkazildi. Unda Jizzax viloyati Yozuvchilar uyushmasi, Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, Sharof Rashidov nomidagi yodgorlik muzeyi ilmiy xodimlari va bir guruh yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Sharof Rashidovning davlat arbobi bо‘lish bilan birga, o‘tkir yozuvchi va publisist ekani ta’kidlanib, uning qalamiga mansub “О‘lkam” va “Orzuimiz” kabi she’rlari yod etildi. Shundan so‘ng adibning amalga oshirgan ishlari, uning shaxsiy fazilatlarini sahna ko‘rinishlari va badiiy tasvirlarda ko’rgazmali tarzda namoyish qilindi.

Ma’lumki, Sharof Rashidov “Bo‘rondan kuchli”, “G‘oliblar”, “Qudratli to‘lqin”, “Balog‘at” kabi ko‘plab romanlar, bir qator she’riy, qissa va hikoyalar to‘plami muallifi. Shuningdek, uning tashabbusi bilan mamlakatda shaharning ta’mirlanishi, shu bilan birga, xalq xo‘jaligi obyektlarining qurilish ishlari ham amalga oshirilgan.

Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Harbiy xizmatchilar va yoshlar Sharof Rashidov haqidagi bilimlarini yanada boyitib, uning ma’naviy merosidan hayotiy va ijodiy saboqlarga ega bo‘ldilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati