Qoʻqon universiteti talabalarini quvontirgan tashrif

0
935

Mudofaa vazirligi tizimida yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinadi.

Ana shunday tadbirlardan biri Qoʻqon universitetida bo‘lib o‘tdi. Muassasaga tashrif Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona garnizoni harbiy xizmatchilari, “Vatanparvar” tashkilotining harbiy sport klubi vakillari, shuningdek, hamkorlikdagi kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari bilan tashkil qilindi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi Tarbiya va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi ofitserlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Botirjon Ergashev, Qoʻqon universiteti rahbariyati, shuningdek, 200 nafardan ortiq talaba va mahalla yoshlari ishtirok etdi.

Maqsad aniq — bugungi o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga xizmat muqaddas burch ekanligini yoshlar ongiga singdirish, ularni Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish. Tadbir davomida ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilib, harbiy texnikalar, “Vatanparvar” tashkilotiga qarashli harbiy sport klubining avto-moto hamda kamondan o‘q otish to‘garaklari, harbiy xizmatchilar va faxriy qorovulning chiqishlari namoyish etildi.

Bu kabi tadbirlar Sharqiy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda yuqori saviyada davom ettirilmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati