Harbiy xizmatchilarga kiberxavfsizlik bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi

0
1638

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparatida kiberjinoyatlar profilaktikasi doirasidagi keng qamrovli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davra suhbati tashlida tashkil qilinib, unga videokonferensaloqa orqali barcha harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilari jalb etildi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi kiberxavfsizlik markazi mas’ullari, Qarshi harbiy prokurori, Qarshi harbiy sudi devonxona mudiri hamda Ipoteka Aksionerlik tijorat banki Qashqadaryo viloyat filiali xodimlari tomonidan kiberjinoyatchilik omillari borasida muhim ma‘lumotlar va ko֥‘rsatmalar aytib o‘tildi.

 

Ta’kidlash joiz, elektron jinoyatlardan inson o‘zini himoyalay olishi uchun sohaga doir bilimga qisman bo‘lsa-da ega bo‘lishi talab etiladi. Bu davr talabi. Tadbirda so‘z olganlarning har biri ushbu jinoyatlarning asosiy omili sifatida insonlarning ana shunday bilimga ega emasligi, e’tiborsizlik va yolg‘onlarga ishonuvchanligi ekanini aytib o‘tdi.

Birgina qo‘ngiroq va birgina aldov bilan plastik kartangizdagi bor pulni boshqa manzilga ko‘chirib olish hech gap emas. Bu kabi jinoyatlarga aldanib qolmaslik masalasi tadbirning diqqat markazida bo‘ldi.

Janubi-garbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati