Samarqandda o‘tkazilgan “Yosh vatanparvarlar yig‘ini” yakunlandi

0
966

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida 10 kun davomida o‘tkazilgan “Yosh vatanparvarlar yig‘ini”ning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat harbiy-ma’muriy sektori mas’ullari, loyihani tashkil etishda bevosita ko‘maklashgan davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari va yig‘in ishtirokchilarining yaqinlari qatnashdi.

Tantanali yopilish marosimida so‘zga chiqqan mas’ullar mazkur yig‘indan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar haqida gapirar ekan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlarga alohida to‘xtalishdi. Yig‘in ishtirokchilarini samimiy qutlab, kelgusidagi ishlariga ulkan zafarlar, doimiy muvaffaqiyat tilashdi.

Shundan so‘ng yoshlarga yig‘in davomida egallagan mutaxasissliklari bo‘yicha sertifikatlar, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Tanatanali marosimning badiiy qismida harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar hamda harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati