Termizda “Men g‘olib” shiori ostida “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

594

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz umumqo‘shin dala paligonida harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Men g‘olib” shiori ostida “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning birinchi kunida muddatli harbiy xizmachilarning nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazilib, jismoniy tayyorgarligi tekshirildi. Tanlovning ikkinchi kuni malakali mutaxassislar nazorati ostida yanada qiziqarli kechdi. Bunda askarlarning jangovar texnikalarni boshqarish mahorati, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish va otish tayyorgarligi birma-bir sinovdan o‘tkazildi.

Eng ilg‘or mutaxassislarni aniqlashga qaratilgan tanlovning taqdirlash marosimida Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sotvoldiyev ishtirok etib, bu kabi musobaqalar harbiy xizmatchilarning o‘zaro kuch, salohiyat va kasb mahoratini sinovdan o‘tkazishi,  yoshlar qalbida ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, harbiy xizmatga esa havas uyg‘otishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng tanlov g‘oliblari diplom va qimatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, mutlaq goliblikni qo‘lga kiritgan muddatli harbiy xizmatchilar ushbu tanlovning navbatdagi ­– ­Mudofaa vazirligi bosqichida ishtirok etadi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,

Termiz garnizoni