Jizzaxdagi 4 ta umumta’lim maktablariga yangi o‘quv-moddiy bazalar topshirildi

0
829

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismlar tomonidan Mudofaa vazirligining tayanch maktablari sifatida viloyatdagi otaliqqa olingan bir qator umumta’lim maktablarning Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani sinflari uchun yangi o‘quv-moddiy bazalar yaratib berildi.

Jumladan, ushbu tadbirlar Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 9- va 2-umumta’lim maktablarida, Paxtakor tumanining 2-umumta’lim maktabi hamda Zarbdor tumanining 11-umumta’lim maktablarida amalga oshirildi.

Yangi o‘quv-moddiy bazalarni topshirish jarayonida harbiy xizmatchilar tomonidan yangi o‘quv moddiy bazalar haqida tegishli ma’lumotlar va tushunchalar berib o‘tildi.

Yaratilgan bunday imkoniyat va sharoitdan ruhlangan o‘quvchi yoshlar esa juda ham minnatdor ekanligini va bildirilgan ishonch va e’tiborni albatta oqlab, bor kuch-g‘ayrati bilan bilim egallashga va’da berishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati