Navoiyda harbiylar oilalarining bandligi taʼminlanmoqda

0
665

Navoiy shahrida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbirda 70 ga yaqin davlat va jamoat tashkilotlari o’zlarining 800 ga yaqin bo’sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, korxona va tashkilotlardan tashrif buyurgan vakillar harbiy oilalar uchun oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Mehnat yarmarkasida asosan xizmat joyini oʻzgartirib yaqinda Navoiy garnizoniga kelgan harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari oʻzlariga mos boʻlgan ish oʻrinlari bilan tanishdilar. Natijada, yarmarka davomida 24 ga yaqin oila bilan ish beruvchilar oʻrtasida mehnat shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari, 40 ga yaqin oilaga ishga joylashtirish va qayta malaka oshirish kurslarida taxsil olish bo‘yicha yo‘llanma berildi.

Shuningdek, tikuvchilik borasida bilim va malakaga ega ayollar uchun imtiyozli kreditlar asosida tikuv mashinalari tarqatildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati