Yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervi badallari to‘lab beriladi

0
988

Andijon viloyati Yoshlar markazida “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan yordam olgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi xodimlari va yoshlar yetakchilari, viloyatdagi Mudofaa ishlari boshqarmasi va bo‘limlari vakillari, yoshlar va ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerakki, yurtimizda yoshlarning o‘qib-izlanishlari, vatanparvar bo‘lib kamol topishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida keng ko‘lamli ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tuman, shaharlarda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari tashkil etilib, ko‘plab yoshlarning muammolari hal etilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 7-iyun kuni qabul qilingan 312-sonli qarorda ham “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga 20 turdagi imtiyozlar berilishi belgilangan. Jumladan, safarbarlik chaqiruvi rezervi to‘lov badalini to‘lab berilishi kabi yordamlar ijtimoiy ko‘makka muxtoj yoshlarning muammolari bartaraf etilishida va ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanda oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbir davomida Andijon shahridagi sektor rahbarlari o‘z sektorlariga ajratilgan pul mablag‘larini qabul qilishdi.

Ushbu mablag‘lar hisobidan 18 nafar yoshning 116 million do‘mdan ortiq miqdoridagi safarbarlik chaqiruvi rezervi to‘lov badali, shuningdek, 207 nafar yoshlarga 248 million so‘mdan ziyod bir martalik moddiy yordam pullari to‘lab beriladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati