Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi

0
926

Markaziy harbiy okrugning barcha garnizonlarida okrug qo‘mondonligi, Mudofaa vazirligi harbiy oilalar bilan ishlash bo‘limi hamda harbiy prokuratura xodimlari ishtirokida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv hamda sayyor qabullar o‘tkazildi.

Ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlarni davom ettirish, ulardagi mavjud muommolarni o‘rganish, ish bilan ta’minlash, salomatligi hamda uy-joy masalalari ko‘rib chiqishdan iborat.

Ochiq muloqotlar yakunida sayyor qabullar ham tashkil etildi. Unda Harbiy prokuratura, Mudofaa vazirligining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, majburiy ijro byurosi, Markaziy bank, Xalq ta’limi boshqarmalari, bir gurux korxona va tashkilotlarning mutaxasssislar ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan sayyor qabullarda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarida kuzatilayotgan mavjud muommolar, taklif va ehtiyojlari o‘rganilib, imkon qadar joyida hal etildi. Nazoratga olingan 10 dan ortiq murojaat tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati