Mudofaa vazirining o‘rinbosari askarlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

0
1286

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev boshchiligidagi ishchi guruh muddatli harbiy xizmatchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga, muddatli harbiy xizmatchilarga berilayotgan imkoniyat hamda imtiyozlarga batafsil to‘xtalib o‘tildi. Askarlar tomonidan berilgan takliflar esa inobatga olinib, o‘rganib chiqilishi aytildi.

O‘z navbatida vazir o‘rinbosari yig‘ilganlarga harbiy xizmatning naqadar sharafli burch ekanini, haqiqiy harbiy xizmatda qolishni istaganlar qanday imtiyoz va imkoniyatlarga ega bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida mudofaa vazirining o‘rinbosari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash maqsadida “Yosh chegarachi”, “Yosh qutqaruvchi”, “Quvnoq startlar”, “Temurbeklar”, “To‘maris malikalari”, “Shunqorlar”, “Yosh huquqshunos”, “Yosh saylovchi”, “Yosh deputat” tanlovlari, “Men ham askar bo‘laman” aksiyasi hamda harbiy qismlarga sayohatlar yanada sifatli o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati