Sharqiy harbiy okrugda batalyonlar sinovdan o‘tkazilmoqda

0
1621

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona hamda Namangan garnizonlaridagi harbiy qismlarda “Eng ilgʻor batalyon” va “Eng ilg‘or divizion” koʻrik tanloviga start berildi.

Ushbu tanlov qoʻshinlarda batalyon taktik guruhlarining jangovar tayyorgarlik darajasini va boʻlinmalarning hamjihatligini yanada oshirish, shaxsiy tarkibda shijoat, mardlik va matonat kabi hislatlarini yanada mustahkamlash, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakillantirishdan maqsadida o‘tkazilmoqda.

Ko‘rik tanlovni o‘tkazishda asosiy e’tibor bo‘linmalarni mo‘ljallanishi bo‘yicha vazifalari, shaxsiy tarkibning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan.

Dastlab, harbiy xizmatchilar bilan saf ko‘rigi, qurol-aslaha hamda harbiy texnikalarning sozligi tekshiruvdan o‘tkazildi. Shuningdek, shaxsiy tarkibning himoya anjomlari ham ko‘zdan kechirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati