Qo‘mondon va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

545

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Muborak garnizonida joylashgan harbiy qismda “Yosh vatanparvarlar yigʻini” ishtirokchilari bilan “Qoʻmondon va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Tadbir davomida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Abror Ahmedov so‘zga chiqib, armiya — hayot maktabi ekani va har bir er yigit unda toblanishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Oʻz navbatida yoshlar ham orzu-maqsadlari haqida gapirib, kelajakdagi rejalari yuzasidan maslahatlar olishdi. 

 

“Umrimda birinchi bor general bilan suhbatdosh boʻlishim. Qoʻmondonimizning har bir soʻzini diqqat bilan tingladim. Chunki bunday insonlardan oʻrganadiganlarimiz koʻp. Suhbat davomida inson harakat qilsa, har qanday choʻqqini ham zabt eta olishi mumkinligini xulosa qildim. Qisqa qilib aytadigan boʻlsam uchrashuv men uchun juda foydali boʻldi”, — deydi yig‘in ishtirokchisi oddiy askar Hayitali Rajabov. 

Yigʻin yakunida ijobiy faol yoshlarga okrug qoʻmondonligi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati