Jizzaxda moddiy-texnik taʻminoti mutaxassislari uchun koʻrgazmali mashgʻulot oʻtkazildi

0
876

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda moddiy-texnik taʻminot mutaxassislari uchun front orti taʻminotini tashkillashtirish, tayyorlash hamda boshqarish boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulot oʻtkazildi.

Unda Mudofaa vazirligi, Markaziy harbiy okrug va okrug tasarrufidagi harbiy qismlardagi moddiy-taʻminot boʻyicha mas’ul ofitserlar ishtirok etdi.

Mashgʻulotlar davomida dastlab qoʻshinlarda vzvod xoʻjaligi faoliyatini toʻgʻri yuritish, shaxsiy tarkibga doimiy yashash joylari va dala sharoitlarida shart-sharoitlar yaratish hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish boʻyicha mashgʻulotlar koʻrgazmali tarzda namoyish etildi.

Shuningdek, yonilg‘i va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, ularni asrab-avaylash hamda to‘g‘ri taqsimlash, isitish tizimlarini qishki mavsumga tayyorlash hamda mavsumga yongʻin oʻchirish brigadalarining shayligi yanada oshirish boʻyicha amaliy mashg‘ulotlar koʻrsatib berildi.

Yakunda tashkil etilgan mashgʻulotlar Mudofaa vazirligi Moddiy-taʻminot bosh boshqarmasining mas’ul ofitserlari tomonidan tahlil etildi va uni amaliyotda joriy etish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati