Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug 24 yoshda

0
2270

Oʻzbekiston Respublikasi hududining toʻrtdan bir qismini qamrab olgan Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug1998-yilning 13-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tashkil etilgan.

Bugun, ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan okrug boshqaruv apparatida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda okrug qoʻshinlar qoʻmondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov barchaga tabrikni oʻqib eshittirdi.

Shundan soʻng okrug ravnaqiga hissa qoʻshib kelayotgan ofitser, serjantlar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari tantanali ravishda taqdirlandi. Navbatdagi harbiy unvonlar, esdalik hamda qimmatbaho sovgʻalar shaxsiy tarkib kayfiyatini yanada ko‘tarib yubordi.

Rasmiy marosimdan keyin mehmonlar qo‘mondon boshchiligida okrug shonli tarixi muzeyi boʻylab sayohat qildi. U yerda O‘zbekiston tarixi va armiyasiga bog‘liq ekspozitsiyalar bilan tanishilib, yana bir bor batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lindi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati