Harbiy xizmatchilar nuroniylar holidan xabar oldi

0
688

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tashabbusi bilan Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, Uchqoʻrgʻon tumani “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi vakillari bilan hamkorlikda tumandagi bir qator nuroniylarning holidan xabar olindi.

Xususan, mutasaddilar “Yorqin hayot” MFY Navroʻz koʻchasi 29-xodadonda istiqomat qiluvchi 75 yoshli Hamid ota Qambarov xonadonida boʻldi. Samimiy ruhda oʻtgan suhbatdan koʻrsatilgan eʼtibor va ehtiromdan Hamid ota bagʻoyat mamnun boʻldi. 

Shuningdek, harbiy xizmatchilar mahallaning Ozodlik koʻchasida istiqomat qiluvchi Abduhakim ota Bahromovning xonadoniga ham tashrif buyurdi. Bugungi kunda 88 yoshni qarshi olgan otaxon 7 nafar farzandi, 25 nafar nabirasi qaramogʻida umrguzaronlik qilmoqda.

Yo‘qlovlar davomida nuroniy otaxonlarga esdalik sovgʻalari, salomatligini tiklash uchun zarur boʻlgan dori-daromonlar topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati