Soha mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan tanlov

0
913

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘iga asosan, okrug qo‘shinlarida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni qaror toptirish, ulaming jangovar tayyorgarlik va komandirlik dasturlarini samarali o‘zlashtirishini nazorat qilish, shaxsiy kasbiy mahoratini takomillashtirish maqsadida Mudofaa vazirligi miqiyosida “Eng ilg‘or tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism hududida tashkil etilgan tanlov okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida tashkil etildi. 

Ko‘rik tanlov “Eng ilg‘or vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari”, “Eng ilg‘or batalyon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari” hamda “Eng ilg‘or brigada komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Dastavval, tanlov ishtirokchilaridan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha me’yorlar qabul qilindi. Shundan so‘ng, taktik masalalarni bajarish, taktik belgilar bo‘yicha sinovlar ham qabul qilindi.

Ishtirokchilarning nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida test sinovlari ham qabul qilindi. Texnik tayyorgarlik bo‘yicha me’yorlar bajarish orqali ishtirokchilarning ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Harbiy-kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha nazariy savollarga javob berildi.

Musobaqa so‘ngida esa g‘oliblar aniqlanib, esdalik va qimmatbaho sovg‘alar hamda navbatdagi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati