Harbiy xizmatchilar tematik sinflarni foydalanishga topshirdi

0
637

Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga asosan keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda ularning oʻrnini yanada oshirish maqsadida har yili oktabr oyining birinchi haftasida respublika miqyosida “Keksalar haftaligi”ni oʻtkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan haftalik doirasida keksa-nuroniylar va mehnat faxriylari ishtirokida Mudofaa vazirligiga qarashli Bekobod shahridagi harbiy qism tomonidan shahardagi
11-umumiy oʻrta taʼlim maktabida buyuk sohibqiron Amir Temur va Jaloliddin Manguberdining qahramonliklari, jang sanʼatidan hikoya qiluvchi tematik sinfning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi, Bekabod shahar hokimligi, xalq taʼlim boʻlimi vakillari, shuningdek, harbiy xizmatchilar va oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Harbiylar tomonidan tayyorlangan koʻrgazmali qoʻl jangi koʻrinishlari hamda yoshlarning sahna koʻrinishlari marosim mehmonlarida iliq taassurot qoldirdi.

Soʻzga chiqqan nuroniylar shukronalik hissini rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish va chin maʼnoda vatanparvar yigit-qizlar boʻlib yetishishga chorladi.

Tadbir yakunida ushbu tematik sinfni yaratishda jonbozlik koʻrsatganlarga harbiy qism qoʻmondonligi hamda shahar hokimliginin esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti