Tarbiyaviy ahamiyat kasb etgan uchrashuv

0
1283

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 70-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida Mudofaa vazirligi faxriylari, Jamoatchilik kengashi aʼzolari, Toshkent shahar hududiy boʻlinmasining yetakchi mutaxassisi, Yunusobod tumani nuroniylar kengashi raisi hamda oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida jamoatchilik kengashi vakillari hamda faxriylar kengashi aʼzolari yoshlar bilan turli mavzularda qiziqarli va ochiq muloqot tashkil etdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari oʻquvchilarga oʻzlarining boy hayotiy tajribalarini soʻzlab berdi. Yoshlar uchrashuv mobaynida koʻplab tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlarni olishdi.

Uchrashuv harbiy orkestrning vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlari bilan yanada mazmunli oʻtdi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti