“Eng ilgʻor kadr organlari ofitseri” tanlovining qoʻmondonlik bosqichi boʻlib oʻtdi

0
1329

Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligida xizmat qilayotgan kadr organi ofitserlari ishtirokida “Eng ilgʻor kadr organi ofitseri” tanlovining qoʻmondonlik bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovning birinchi kunida ishtirokchilar saf koʻrigidan oʻtkazilib, saf tayyorgarligi boʻyicha bilimlari amaliy sinovdan oʻtkazildi. Harbiy xizmatchilarning tashqi qiyofasi, kiyim rusumini toʻgʻri va ozoda tutushi koʻzdan kechirildi, shuningdek, saf elementlarini amalda bajarishlari mashgʻulot rahbarlari tomonidan tekshirildi.

Shundan soʻng hujjatlar yuritilishi, ularning saqlanishi va rasmiylashtirishda axborot-komunikatsiyalaridan foydalana olish qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida kompyuter savodxonligi boʻyicha faoliyat davomida keng foydalaniladigan dasturlardan amaliy va nazariy bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Tanlovning ikkinchi kunida esa harbiy xizmatchilarning jismoniy va otish tayyorgarligi boʻyicha har bir ishtirokchi imtihon topshirdi. Dala oʻquv maydonida tashkil etilgan ushbu imtihon meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida tashkil etildi.

Yakunda respublikamizning deyarli barcha hududlaridan tashrif buyurgan kadr organi ofitserlarining yil davomida amalga oshirgan ishlarining hisobotlari tinglanib, tanqidiy tahlil qilindi.

Tanlov davomida yuqori koʻrsatkichlarini egallagan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti