Andijon viloyatidagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
1093

Andijon viloyati yoshlari Sharqiy harbiy okrug Andijon garnizonidagi harbiy qismda mehmon bo‘ldi.

Barcha zamon talablariga mos ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi harbiy qismga tashrif buyurgan ertamiz egalari bilan dastlab Amir Temur haykali yonida mazmunli suhbat tashkil etildi. Unda buyuk sohibqiron tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilgan harbiy siyosat va uning hozirga qadar dolzarbligi bo‘yicha misollar orqali tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari hamda Andijon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchidan iborat mehmonlar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Harbiy xizmatchilar ishtirok etayotgan mashg‘ulotlarda bevosita ishtirok etishdi.

Ta’kidlash kerakki, yoshlarni jalb etgan holda tashkillashtirilayotgan bu kabi tabdirlar ularda vatanparlik ruhini oshirish, maktab davridanoq o‘g‘il-qizlarda harbiy xizmatga bo‘lgan ishtiyoqni yuksaltirishga qaratilgan.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati