Millat oydinlarini yod etib

0
816

Toshkent shahrida Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirokida “Jadidchilarimiz xotirasiga ehtirom” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va oʻquvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan rasmlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

“Turon” kutubxonasi va “Abdulla Qodiriy muzeyi”da tashkil etilgan ushbu tadbirda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi vakillari, yozuvchi-shoirlar, harbiylar va yoshlar ishtirok etdi.

Ma’lumki, 4-oktabr Turkiston milliy ozodlik harakati faollari ommaviy qirgʻin qilingan sana. 1938-yilning shu kunida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Qodiriy yana faoliyati aksariyat jamoatchilikka nomaʼlum qolayotgan yuzdan oshiq oʻzbek ziyolilari oʻz Vatanda qatl etilgandi.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, ushbu “millat oydinlari”ning nomi, buyuk ijodlari adolatli tiklandi hamda abadiylashtirildi. 

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan faxriy qorovul chiqishlari, kuy-qoʻshiqlar, shuningdek, yoshlar tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti