Qo‘ng‘irotda sayyor qabul o‘tkazildi

0
783

Mudofaa vazirligiga qarashli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida joylashgan harbiy qism madaniyat markazida, harbiy xizmatchilar va ularning oila azolari ishtirokida “Ommaviy sayyor qabul” oʻtkazildi.

Ushbu tadbir Nukus harbiy prokuraturasi, Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi, Qoʻngʻirot tumanining xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi hamda “Qirqqiz” qoʻrgʻonining profilaktika inspektori yoshlar yetakchilari hamkorligida tashkil etildi.

Sayyor qabul avvalida tashrif buyuruvchilar harbiy qism madaniyat markazi binosida to‘planib, o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha murjaatlar qildi. Harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari tomonidan bildirilgan hech bir murojaat e’tibordan chetta qolmadi. Bildirilgan muammolarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, ayrimlari mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, ularning ijobiy ta’minlanishi kafolatlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti