Harbiy oilalar qadimiy Samarqand shahriga sayohat qilishdi

0
859

Dunyodagi 15 ta eng ajoyib shahar kiritilgan ro‘yxatning oltinchi pog‘onasidan o‘zining tarixiy durdonalari bilan tanilgan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri ham o‘rin oladi. Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligining tashabbusi bilan Jizzax garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga ana shu shahar bo‘ylab sayohat qilish imkoni yaratildi.

Harbiy oilalar dastlab “Boqiy shahar” turizm markazida bo‘lishib, majmuadagi rassomlik, amaliy san’at, zardo‘zlik yo‘nalishlarida milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, shirinliklar savdo shoxobchalari, Chorsu sharq bozori, milliy kiyimlar galereyasi, savdo, kutubxona, qo‘g‘irchoq teatri va shaxmat maktabi bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng oilalar “Registon”, “Hazrati Doniyor” va Samarqand viloyati Axborot-kutubxona markaziga sayohatni davom ettirishdi.

Samarqandga bo‘lgan oilaviy sayohat harbiy xizmatchilarning turmush o’rtoqlari va farzandlarida o’zgacha taassurot qoldirdi. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati