Milliy tilga e’tibor – millatga e’tibor

0
729

“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zlari kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”, deganida juda haq edi adabiyot dahosi Abdulla Qodiriy.
Inson qaysi tilda tafakkur yuritsa, qaysiki tilda tush ko‘rsa, demakki uning ona tili – shu til. Milliy tilimiz – o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Milliy tilni yo‘qotish – millatning ruhini yo‘qotish demakdir.

O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida 21-oktabr – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rfiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Qarshi muhandislik va iqtisodiyot universitetidan ma’ruzachilar hamda Qarshi 1-sonli musiqa va san’at maktabidan tadbirning badiiy qismini maroqli o‘tkazish uchun mehmonlar tashrif buyurishdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati