Bayramga tuhfa sifatida yangi bino va tematik sinflar foydalanishga topshirildi

0
828

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 11-o’rta ta’lim maktabi hamda Farg’ona viloyati Quva tumani 26-o’rta ta’lim maktabida binolari qayta ta’mirlanib, tantanali ravishda foydalansihga topshirildi. Shuningdek, yangi barpo etilgan tematik sinflarning o‘quvchilar ixtiyoriga taqdim etilishi bayramga munosib tuhfa bo’ldi.

Tadbirda hududiy O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi vakillari, sektor rahbarlari, deputatlar, faxriylar, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari, harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab, tadbir mehmonlari o’quvchi yoshlar uchun ta’lim muassasasida yaratilgan zamonaviy va shinam xonalar, sport konpleksi bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu maktablarning faxri hisoblangan harbiy xizmatchilarning tashrifi va ustozlariga yo’llagan bayram tabrigi tadbirga yanada shukuh bahsh etdi.

Tantanali tadbirning asosiy qismi yangi barpo qilingan Buyuk sohibqiron Amir Temur va Turon qoploni Jaloliddin Manguberdining tematik sinflarida o’tkazildi. U yerda yaratilgan shart-sharoitlar, buyuk sarkardalarning jang san’atini o’zida aks etgan ekspozitsiyalar tashrif buyurgan mehmonlarda ulkan qiziqish uyg’otdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti