Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir oʻtkazildi

0
953

Fargʻona garnizoni yongʻin nazorati inspksiyasi hamda Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Sharqiy harbiy okrugdagi harbiy qismlarning birida tashkilotlar, aholi yashash xonadonlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi fuqarolarning is gazidan zaharlanishi va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olish maqsadida koʻrgazmali oʻquv mashgʻulot oʻtkazildi.

Mashgʻulotda Fargʻona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari va Yongʻin texnik markazi jamoasi, muddatli harbiy xizmatchilar hamda shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Koʻrgazmali oʻquv mashgʻulot davomida kuz-qish mavsumida yongʻin xavfsizligi talablariga jiddiy eʼtibor qaratilishi, beparvolikga yoʻl qoʻymaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi. 

 

Tadbir davomida Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan zamonaviy yongʻin oʻchirish avtomobillari va asbob anjomlari koʻrgazmasi ham namoyish etildi. Yongʻin qutqaruv boʻlinmasi tomonidan yongʻin sodir boʻlganida harakatlanish tartibi, yongʻinning kelib chiqish sabablari, yongʻinda qolib ketgan insonlarni xavfsiz hududga olib chiqish, yongʻinni oʻchirishda birlamchi yongʻin oʻchirish anjomlaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati