Harbiylar oilalari o‘rtasida o‘tgan bellashuvda millat tili ulug‘landi

251

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug tashabbusi bilan Nukus garnizonidagi harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari oilalari o‘rtasida «Ona tilim jarangi olam uzra taralgay» shiori ostida «Zukko ayollar» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov shartlariga ko‘ra ishtirokchi ayollar «Tanishtiruv», «Til millat ko‘zgusi», Tilga e’tibor, elga e’tibor, «Xalq og‘zaki ijodiyoti» shartlari bo‘yicha bellashdi.

O‘zbek tili ildizi uzoq asrlik tarixga borib taqaladi. Tanlov ishtirokchilari o‘zbek tilining qadim tarixidan to bugungi kunga qadar rivojlanish bosqichlarini tafakkur hamohangligida namoyon etib, shartlarni bajarishdi.

O‘zbek tili va adabiyotining yorqin namoyondalari ijodidan namunalarni she’riy, monolog, qo‘shiq tarzida bayon etib, tomoshabinlarning olqishiga sazovar bo‘ldi. Tanlovda ayollar raqib bo‘lib emas, balki millat g‘ururi va sha’nini himoya etgan ona yurt farzandi ekanini isbotlab berdi.

Ishtirokchilar «Eng zukko ayol» «O‘zbek tili fidoyisi», «Milliylik kuychisi», «O‘zbek tili va adabiyoti bilimdoni» nominatsiyalari bo‘yicha harbiy qism qo‘mondonligining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati