Xalqaro armiya oʻyinlari gʻoliblari xizmat joylarida ham munosib taqdirlandi

0
1059

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qismda “ArMI-2022” oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz bayrogʻini yuqori koʻtargan okrug qoʻshinlaridagi harbiy xizmatchilarni tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali tadbirda okrug qoʻmondonligi, faxriylar, jamoatchilik kengashi vakillari, yoshlar hamda “ArMI-2022” oʻyinlarida faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari Xalqaro armiya musaboqalarining 14 ta yoʻnalishida ishtirok etib, shaxsiy rekord natijalarni koʻrsatish bilan turli nominatsiyalar boʻyicha goʻlib boʻlganini e’tirof etdi.

Taqdilash marosimada dastlab “Forish” hamda “Sazagan” dala oʻquv maydonlarida Xalqaro armiya oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazishga munosib hissa qoʻshgan harbiy xizmatchilar taqdirlandi. Shundan soʻng, okrug qoʻshinlaridagi qahramonlar, yaʻni “ArMI-2022” oʻyinlarining sovrindorlariga va ularning ota-onalariga tashakkurnoma, pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Taqdirlash marosimining konsert dasturiga ulanib ketgani va undagi harbiy orkestr jamoalari va sanʻatkorlarning kuy-qoʻshiqlari, soʻz ustalari va faxriy qorovulning koʻrgazmali chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati