“Eng yaxshi kitobxon harbiy oila” tanlovi oʻtkazildi

0
1122

Kitob – eng odil doʻst, beminnat muallim, bebaho xazina. Dunyodagi eng zoʻr kashfiyot ham kitobdir. Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini, ibratli hayotini keng targʻib etish maqsadida Mudofaa vazirligi miqyosida “Eng yaxshi harbiy kitobxon oila” koʻrik tanlovi oʻtkazilib kelinadi.

Ana shunday koʻrik tanlovdan biri Markaziy harbiy okrugning Kattaqorgʻon garnizonidagi harbiy qismda dastlabki bosqichi oʻtkazildi.

Tanlov uch bosqichdan iborat bolib, unga koʻra ishtirokchilar “Oʻzbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” va “Buyuk mutafakkir va adib” boʻyicha tavsiya etilgan adabiyotlarga oid kitoblarning mazmun-mohiyati, gʻoyasi va ahamiyati hamda tavsiya etilgan ulugʻ allomalar, oʻzbek va jahon adabiyoti namoyondalari haqida maʼlumotlarni tanlov ishtirokchilari tomonidan sharhlab berildi va eng munosib ishtirok etgan harbiy kitobxon oila aniqlandi.

Uning natijalariga koʻra birinchi oʻrinni kichik serjant Doʻstnazar Bobomurodov oilasi, ikkinchi oʻrin kichik serjant Firdavs Joʻrayevlar oilasi hamda uchinchi oʻrinni III darajali serjant Doniyor Ubaydullayevning oilasi egalladi.

Gʻoliblar diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati