Uchta viloyatning 300 ga yaqin chaqiriluvchilariga tantanli ravishda sertifikatlar topshirildi

0
561

Markaziy harbiy okrugining Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazlarida navbatdagi bitiruv marosimlari oʻtkazildi. Unda 2021-2022-yilgi oʻquv yilini 2 boqichda tahsil olgan 300 ga yaqin chaqiriluvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

Ushbu bosqich davomida Jizzax viloyatining yoshlari “B, S” toifali haydovchi, “S” toifadagi haydovchi elektrik, radioaloqachi va chavondozlik boʻyicha Samarqand viloyati yoshlari “B, S” toifali haydovchi, radioaloqachi va oshpazlik, Navoiy viloyati yoshlari esa, “B, S” toifali haydovchi hamda radioaloqachi yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olishdi.

Navbatdagi bitiruv marosimlarida viloyatlardagi jamoatchilik kengashi vakillari, faxriylar, chaqiriluvchilarning ota-onalari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi va ularning guvohligida chaqiriluvchilarga tanatanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan faxriylar va ota-onalar chaqiriluvchilarning markazda olgan ushbu bilimlari toshga oʻyilgan naqsh sifatida qolishini va kelgusi xizmat faoliyatida as qotishini takidlab, oʻqituvchi va murabbiylarga minnatdorchilik bildirildi va chaqiriluvchilarga yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida ulkan zafarlarga erishishini tilandi.

Uchta viloyatda oʻtkazilgan ushbu tantanali marosimlar yakunida okrug garnizonlaridagi harbiy orkestr jamoalari tomonidan ijro etilgan goʻzal kuy-qoʻshiqlar ota-onalar va chaqiriluvchilarning raqslariga ulanib ketdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati