Harbiy xizmatchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

0
905

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari hamda SChR batal’oni xizmatchilari o’rtasida Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida ”Mushoira etadi davom” mavzusida she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

Unda ijod maktabi o’quvchilari va SChR batalyoni xizmatchilari ham faol ishtirok etishdi. Ushbu she’riyat kechasi qiziqarli va maroqli o’tdi. Yakunda faol ishtirok etib g’olib bo’lganlar munosib taqdirlandi.

Shuningdek, Navoiy garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda jamoatchilik kengashi faxriylari tomonidan Navoiy shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Vatan tinchligi uchun barchamiz mas’ulmiz” shiori ostida ma’naviy-madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda harbiy orkestr jamolari hamda san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi va faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari yoshlar qalbini g‘urur va iftixorga to‘ldirdi.

Ushbu harbiy xizmatchilar tomonidan davomli o’tkazilayotgan tadbirlar yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va uning samaradorligi yaqqol namoyon bo’lmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati