Jizzax garnizonidagi harbiy qismda oʻzgacha tantana

0
1001

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonida harbiy qism tashkil topganining 23 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi.

Dastlab tadbirda harbiy qism komandiri soʻzga chiqib, mudofaa vaziri hamda okrug qoʻshinlar qoʻmondonining bayram tabrigini barcha shaxsiy tarkibga oʻqib eshittirdi.

Shuningdek, soʻzga chiqqan jamoatchilik vakillari hamda garnizondagi harbiy qism komandirlari ushbu harbiy qismning koʻp yillar davomida erishgan yutuqlarini va Mudofaa vazirligi miqyosida o‘z o‘rni hamda nufuziga ega ekanligini mamnuniyat bilan e’tirof etdi.

Shundan soʻng, oʻzining jangovar va maʼnaviy-ma’rifiy tayyorgarligi borasida namuna sifatida koʻrilgan bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar, qimmatbaho sovgʻa hamda ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida harbiy orkestr jamoasi hamda bir guruh sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tantanali tadbirga yigʻilganlarning qalbiga yanda quvonch va zavq ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati