Harbiy xizmatchilarga qulaylik yaratish yo‘lida

0
1011

Bugunki kunda yurtimizda harbiy xizmatchilar kundalik xizmat faoliyatlarini sifatli olib borishi uchun koʻplab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Mudofaa vazirligi tizimida ham ko‘plab islohotlar keng quloch yoygan. Bunda, eng avvalo harbiy xizmatni o‘tash davrida fuqarolar hamda harbiy xizmatchilarga yengillik yaratish ustuvor maqsad etib belgilangan. 

Shu kabi yangiliklarning navbatdagi Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizoni harbiy xizmatchilari va harbiy qismga tashrif buyuruvchilar uchun tuhfa bo‘ldi. Garnizonda zamon talablariga javob beradigan Nazorat-o‘tkazish punkti qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu Nazorat-oʻtkazish punktida fuqarolarni qabul qilish xonasi, navbatchi uchun, dam olish uchun xonalar mavjud. Ularning barchasi kerakli zarur texnika va uskunlar bilan jihozlangan. Bularning barchasi harbiy xizmatchilarning bu yerda kundalik xizmat faoliyatini olib borish sifatini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

Tantanali ochilish marosimida okrug masʼul ofitserlari, harbiy qism harbiy xizmatchilari, davlat va jamoat tashkiloti vakillari ishtirok etdi. 

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati