Nuristonda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

0
842

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismlar tomonidan oʻquvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida koʻplab uchrashuvlar, sayohat va turli tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Nishon tumani Nuriston garnizonidagi harbiy qismda tashkil etildi. Hududdagi bir qator maktablarning o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. 

Harbiy qismga tashrif davomida yoshlar bu yerda Vatan posbonlariga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, oʻquv va kutubxonalarni koʻzdan kechirdi.

Shu kuni yurt oʻgʻlonlari va oʻquvchilar oʻrtasidagi suhbatlar istiqlol shukronasi, ona Vatanga sadoqat mavzularida kechdi. Tashrif yakunida mehmonlar kelajakda harbiy xizmatchi bo‘lish istagini ko‘ngillariga tuggan bo‘lsa ajab emas.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati