Harbiy qismlardagi Boshlang‘ich tashkilotlarining yig‘ilishi o‘tkazildi

0
716

Markaziy harbiy okrugning Samarqand hamda Jizzax garnizonlarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qismlardagi Boshlangʻich tashkilotlarining namunali hisobot-saylov yigʻilishlari oʻtkazildi.

Unda garnizonlardagi kuch tuzilmalarining boshlangʻich tashkilot yetakchilari va yoʻnalish sardorlari ishtirok etdi.

Hisobot-saylov yigʻilishida dastlab 2021—2022-yil mobaynida Boshlangʻich tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan salmoqli ishlar yuzasidan amaldagi boshlangʻich tashkilot yetakchlarining hisoboti tinglandi.

Soʻngra, nomzodlikda turgan yoshlar yetakchilarining saylovoldi dasturi eshitildi va ovozga qoʻyildi. Yakuniy natijalarga koʻra, eng koʻp ovoz toʻplagan nomzodlar boshlangʻich tashkilot yetakchisi lavozimlariga loyiq deb topildi.

Yigʻilish soʻngida ishtirokchilar boshllangʻich tashkilot yetakchisining ish faoliyati va xonasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati