Farg‘onadagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
861

Sharqiy harbiy okrug Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda “Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Unda okrug Faxriylar kengashi aʼzolari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Fargʻona harbiy prokuraturasi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Temurbeklar maktabi”, Chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassislik boʻyicha tayyorlash markazi vakillari, Fargʻona tumanidagi maktab oʻquvchilari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida yoshlarga harbiy xizmatchilar tomonidan, parashyutni taxlash tartiblari, havo desant shaharchasida amaliy mashgʻulotlar, faxriy qorovulning turkum chiqishlari namoyish etildi.

Tashkilotchilar tadbir davomida yoshlarga harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kelajakda harbiy xizmatchi bo‘lish uchun hozirdan nimalar e’tibor berish lozimligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ta’kidlash kerakki, bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlar bilan muntazzam ravishda oʻtkazilib kelinmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati