Navoiyda “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida festival o‘tkazildi

0
811

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Navoiy shahridagi obod manzillarda, ya’ni “Ma’rifat” MFYda yoshlarni keng jalb qilgan holda “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda harbiy orkest jamoasining vatanparvarlik ruhidagi ijro etgan kuy-qo’shiqlari, faxriy qorovulning ko’rgazmali chiqichlari qo’l jangi elementlarining namoyish etilgani barchaga birdek manzur bo’ldi.

Ushbu tadbirlar orqali harbiy xizmatchilar mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda o’sib kelayotgan yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg’ularini yanada oshirishga erishmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati