Harbiy xizmatchilar “Save Aral” xayriya marafonida ishtirok etdi

0
1068

Navoiy viloyatining Nurota tumanida 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan mingdan ortiq aholi, Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonida harbiy xizmatchilari “Save Aral” xayriya marafonida ishtirok etdi.

Marafonni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, mamlakatimiz ekologiyasi barqarorligiga hissa qo‘shish, ommaviy sport tadbirlari orqali aholimiz orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat. Poyga avvalida o‘tkazilgan ochilish marosimida mutasaddilar Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar hamyurtlarimiz orasida yanada ommalashib, butun respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Harbiy orkestr jamolarining kuy-qo‘shiqlari hamda faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilib, sportchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Shundan so‘ng marafon ishtirokchilari tumanning markaziy ko‘chalari bo‘ylab 3 kilometrlik masofani bosib oʻtishdi.

Marofonning o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan bahslarida 1-o‘rinni III-darajali serjant lhom Nazarov, 2-o‘rinni kichik serjant Temur Qoraboyev va 3 o‘rinni esa kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Shahobiddin Boltayev egalladi.

Barcha sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati