Kattaqoʻrgʻon mudofaa ishlar boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi

0
1090

Yangidan barpo etilgan Kattaqoʻrgʻon mudofaa ishlari boʻlimining binosi soha vakillarining foydalanishlari uchun tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar keyingi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi mudofaa sohasida amalga oshirilgan islohotlari natijasida milliy armiyamiz kuch-qudrati yanada yuksalayotgani, bu boradagi ishlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etayotgani xususida soʻz yuritib, barchani mustaqilligimizning 31 yillik bayrami bilan muborakbod etdi.

Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari mudofaa ishlari boʻlimining yangi binosida yaratilgan shart-shroitlar bilan tanishdilar.

Ikki qavatli, zamonaviy koʻrinishdagi ushbu bino zamon talablari darajasida jihozlangan. Elektron maʼlumotlar bazasi xonasi, kutubxona, dam olish va ovqatlanish, fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud.

Umuman olganda ushbu yangi va zamonaviy bino nafaqat Kattaqoʻrgʻon mudofaa ishlari boʻlimining xodimlariga, balki Kattaqoʻrgʻon shahri va tumanidan harbiy xizmatga chaqiriluvchilarga haqiqiy bayram sovgʻasi boʻldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati