Boysundagi xalqaro velo va yugurish marafonida harbiy xizmatchilar ham muvaffaqiyatli qatnashdi

0
1207

Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga qarashli “Sayrob” qishlogʻida 200 nafardan ortiq havaskor va professional sportchilar ishtirokida xalqaro velo va yugurish marafoni o‘tkazildi.

Ushbu marafonda respublikamizning turli hududlaridan kelgan professional va havaskor sportchilar bilan bir qatorda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ham ishtirok etdi.

Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan xalqaro xayriya marafoni belgilangan vaqtda bosib oʻtgan sportchilar gʻoliblik shohsupasidan joy oldi.

Musobaqa yakuniga koʻra quyidagi natijalar qayd etildi — velomarafon:

  • 1-oʻrin – Azimbek Abdullayev (Toshkent viloyati);
  • 2-oʻrin – Allamurod Rahmonov (Qumqoʻrgʻon tumani);
  • 3-oʻrin – Raman Islomov (Termiz shahri).

Yugurish marafoni:

  • 1-oʻrin – Shohruh Davlatov (JGʻMHO harbiy xizmatchisi);
  • 2-oʻrin – Yevgeniy Fadeyev (THO harbiy xizmatchisi);
  • 3-oʻrin – Murodali Sattorov (Boysun tumani), Sharofiddin Xolmirzayev (Termiz shahri).

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

III  darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni