“ArMI—2022”: O‘zbekiston jamoasi yana bir musobaqada birinchi

0
2148

Venesuelada “ArMI—2022” Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi jangovar vaziyatlarda toʻgʻri va aniq harakatlanish koʻnikmasini oshiradigan, harbiy xizmatchilarning merganlik mahoratini sinovdan oʻtkazadigan “Merganlar marrasi” musobaqasida yakunlandi. Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Venesuellaning Lara shtati Barkisimeto shahrida o‘tkazilgan “Merganlar marrasi” musobaqasi davomida harbiy xizmatchilar turli vazifalarni oʻz ichiga olgan 4 bosqichda jami 15 ta shart boʻyicha o‘zaro bellashdi. Bular — yakkalik mashqlar, juftlik va jamoaviy mashqlar, kim tezkor shartlaridir.

Murosasiz kechgan bahslar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin mezbon davlatga nasib etgan bo‘lsa, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan Rossiya o‘rin oldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti