Sharqiy harbiy okrug barcha garnizonlarida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

0
562

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, Mudofaa vazirligi ofitserlari, harbiy xizmatchilar, fan arboblari, professor o‘qituvchilar, faxriy ustozlar va maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Mazkur tadbir davomida ishtirokchilarga “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi va xalqimiz hayotida tutgan o‘rni haqida fan arboblari va professor o‘qituvchilar tomonidan ma’lumotlar berib o‘tildi.
So‘z olganlar, “Yangi O‘zbekiston”da yaratib berilayotgan imkoniyatlar, inson qadri oliy o‘rinlarda e’tirof etilgani hamda tadbirkorlarning ish faoliyatidagi bir qator qulayliklar samaradorlikni oshirayotganini e’tirof etdi.

Yosh oilalarga va imkoniyati cheklanganlarga, shuningdek “ayollar daftari”, “temir daftar”da turuvchilarga ham bir qator imtiyozlar asosida uy-joylar berilishi borasida ham o‘tgan yillar sarhisobida katta natijalarni ko‘rishimiz mumkin.
Ushbu kitobning xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘limi alohida e’tirof etildi.
O‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati