Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi boshlandi

0
8220

Bugun, 24-avgust kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar – O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iz, Pokiston, shuningdek, kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Belarus respublikalari mudofaa vazirlari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish oldidan Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston, shuningdek, ShHTda kuzatuvchi davlat sifatidagi Belarus harbiy idoralari rahbarlari Toshkentdagi “Gʻalaba” bog‘idagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti