“Mehr ulashamiz” loyihasi doirasidagi tadbirlar

0
765

Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatida ham mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Mehr ulashamiz” loyihasi doirasida koʻplab tadbirlar tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi “Oazis” restoranida viloyatning tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan, ehtiyojmand, boquvchisin yoʻqotgan, nogironligi bor oilalarning 70 nafar farzandi uchun madaniy-maʼrifiy tadbir uyushtirildi.

Unda viloyat hokimi Murotjon Azimov, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi, Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi, Qarshi shahar hokimligi hamda davlat va jamoat tashkiloti vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi “Bu oʻgʻil-qizlarimiz kelajakda Vatanimizga xizmat qiladigan ajoyib kadrlar boʻlib yetishadi”, deya taʼkidlab oʻtdi.

Shu kuni bolajonlar uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, ularga yangi oʻquv yili oldidan maktab formalari, oʻquv qurollari va kitoblar taqdim etildi. Shuningdek, tadbir doirasida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida shaharning diqqatga sazovar manzillari boʻylab sayohatlar ham tashkil etildi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati