“Desant vzvodi”: o‘zbekistonlik harbiylar peshqadam

0
1736

Jazoirda “ArMI—2022” xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilayotgan “Desant vzvodi” musobaqasining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi. O‘zbekiston jamoasi mazkur bosqichni muvaffaqiyatli boshladi.

Mazkur bosqich doirasida jangovar texnikalar yordamida yakka tartibda ekipaj bilan tur xil to‘siqlardan o‘tib, belgilangan nishonlarni yo‘q qilish shartini bajardi.

O‘zbekiston, Jazoir, Belarus, Xitoy va Venesuela davlatlari jamoalari ishtirokidagi bahslar murosasiz kechdi. Musobaqaning ikkinchi bosqichi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va mezbon davlat vakillari peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni hozircha Xitoy, Belarus hamda Venesuella jamoalari egalladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti